"Qamchiq"dagi YTH: 2 haydovchi hamda uch nafar yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan

"Qamchiq"dagi YTH: 2 haydovchi hamda uch nafar yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan

"Qamchiq" dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot.

Joriy yilning 11 fevral kuni soat 23:40larda Namangan viloyati, Pop tumani, "Qamchiq" dovoni hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 222-kilometrida 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi K.Y. "DAF" rusumli yuk avtomobilini (engil avtomobillarni tashuvchi) boshqarayotib harakat xavfsizligini ta’minlamasdan, yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan J.A. boshqaruvida bo‘lgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, ikkala haydovchi hamda uch nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur YTH vaqtida "DAF" rusumli yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketgan. Ushbu avtomobillarni maxsus texnika yordamida pastlikdan chiqarish ishlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!