Qamashida 9 yoshli qizaloqni "Kamaz" bosib ketgan. Voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Qamashida 9 yoshli qizaloqni "Kamaz" bosib ketgan. Voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Qamashi tumani Uzun qishlog‘ida joylashgan 64-maktabning 3-sinf o‘quvchisini piyodalar o‘tish yo‘lagidan "Kamaz" bosib ketgani, voqea oqibatida qizaloq halok bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

2022 yil 22 noyabr soat taxminan 12:30 larda haydovchi N.B. boshqaruvida bo‘lgan "Kamaz" rusumli avtotransport vositasini A-378 "Samarqand-G‘uzor" avtomobil yo‘lidan G‘uzor tumani tomon boshqarib borib, Qamashi tumani "Uzun" MFY hududining 124 km.ga kelganda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan Qamashi tumani "Uzun" MFYda yashovchi voyaga yetmagan qizni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada voyaga yetmagan qiz og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

"Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi N.B.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda",- deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!