Qahramanmarashda navbatdagi zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyaning Qahramanmarash viloyatining Go‘ksun tumanida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat atrofdagi viloyatlarda ham sezildi.
Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan 08:14 da sodir bo‘lgan.
Tabiiy ofat manbai 7 km chuqurlikda joylashgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)