Qabriston yonidagi tashlandiq yer maydoniga giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxsga hukm o‘qildi

Qabriston yonidagi tashlandiq yer maydoniga giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxsga hukm o‘qildi

Joriy yil 25 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida giyohvandlik vositalarini yetishtirga shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi suya yordamchisi Z.Hamdamov ma’lum qildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1963 yilda to‘g‘ilgan Quchqorov Alisher (shaxsi o‘zgartirilgan) ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasdan, giyohvandlik vositasini yetishtirish va iste’mol qilish maqsadini ko‘zlab, 2019 yil mart oyining boshlarida o‘zi istiqomat qilib kelayotgan, Xatirchi tumani «Qoracha» MFYdagi “Gulkent” nomli qabristonning yonidagi tashlandiq yer maydoniga, tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi 878-sonli Qaroriga ko‘ra, giyohvandlik vositalari turkumiga kiritilgan, fuqarolar tomonidan muomalaga bo‘lishi va iste’mol qilishi ta’qiqlangan 1 (bir) tup “kanoplya” giyohvandlik o‘simligini urug‘larini ekib, kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamasdan, o‘zi iste’mol qilish uchun, yetishtirib parvarish qilgan.

Bundan tashqari, A.Quchqorov o‘zining jinoiy harakatlarini qasddan davom ettirib, 2019 yil mart oyining boshlarida o‘zi istiqomat qilib kelayotgan, Xatirchi tumani “Qoracha” MFY hududida joylashgan “Gulkent” nomli qabristonning yonidagi yer maydoniga, ekib parvarish qilgan 1 tup kanoplya giyohvandlik o‘simligini qurutib “spichki” yozuvli gugurt qutisiga solib, saqlab yurib, 2020 yil 08 iyul kuni iste’mol qilish maqsadida olib yurgan vaqtida mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlanib, xolislar ishtirokida tuman IIB YXHG binosida fuqaro A.Quchqorovdan Navoiy viloyati IIB EKBning 2020 yil 09 iyuldagi № 99-sonli xulosasiga ko‘ra, quruq holdagi, sof vazni 3,04 (uch butun o‘nda to‘rt) gramm bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi 878-sonli Qaroriga ko‘ra, giyohvandlik vositalari turkumiga kirib, u fuqarolar tomonidan muomalaga bo‘lishi va iste’mol qilishi ta’qiqlangan “marixuana” giyohvandlik moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud, A.Quchqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasi 1-qismi 276-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 (ikki) yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!