Putinning rejasi: bundan kim yutadi va kim yutqazadi? (video)

A A A
Putinning rejasi: bundan kim yutadi va kim yutqazadi? (video)

Rossiyadagi pensiya islohoti muhokamasi Vladimir Putinning islohotlarga o‘zgartirishlar kiritish taklifidan so‘ng o‘zining mantiqiy yakuniga yetdi.

Rossiya prezidentining telemurojaati 30 daqiqaga yaqin davom etdi.

«Bi-bi-si» prezidentning taklifi rossiyaliklar, federal byudjet va Putinning o‘ziga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildi.

Putin nimalarni taklif qildi?

Ayollar uchun pensiya yoshini 55 yoshdan 60 yoshga, ya’ni hukumat qonun loyihasida taklif qilinganidek sakkiz yil emas, balki besh yilga oshirish. Erkaklar uchun pensiya yoshini oshirish o‘zgarishsiz qoladi – 60 yoshdan 65 yoshga.

Ko‘p bolali onalarning pensiyaga erta chiqish huquqi. Agar ayolning 3 nafar farzandi bo‘lsa, 3 yil ilgari, 4 nafar bo‘lsa 4 yil ilgari pensiyaga chiqadi. Besh va undan ortiq farzandlari bo‘lgan onalar 50 yoshdan pensiyaga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Hozirgi qonunchilikka ko‘ra besh nafar farzandi bo‘lgan ayollar hamda ikki va undan ortiq farzandi bo‘lib, chekka shimolda ma’lum yillar mobaynida ishlagan onalargina pensiyaga erta chiqish huquqiga ega. 

Yaqin ikki yil ichida pensiyaga chiqishi kerak bo‘lgan, ammo pensiya yoshi oshirilishi munosabati bilan pensiyaga chiqa olmaydigan fuqarolarga pensiyaga yarim yil ertaroq chiqishlariga ruxsat beriladi. «Masalan, yangi pensiya yoshi bo‘yicha 2020 yil yanvarda pensiyaga chiqishi kerak bo‘lgan fuqaro 2019 yil iyulda chiqishi mumkin bo‘ladi», - deb tushuntirdi Putin.

Pensiyaga chiqishiga 5 yil qolgan rossiyaliklarga qayta o‘qish imkoniyatini berish va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus dasturni tasdiqlash lozim, degan Putin. Shuningdek, ular uchun ishsizlik nafaqasi miqdori 4,9 ming rubldan 11,3 ming rublgacha oshiriladi. Biznesga yosh diskriminasiyasi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi. Tadbirkorlarga pensiyaga chiqish yoshidagi xodimlarni ishga qabul qilganlik uchun imtiyozlar taqdim etiladi. 

Shimoldagi tub aholi uchun amaldagi shartlar saqlab qolinadi. Ular pensiyaga ertaroq – ayollar 50 va erkaklar 55 yoshdan chiqishadi. Avvalroq chekka shimoldagilar uchun ham pensiya yoshini oshirish taklif qilingandi.

Qishloqdagi ishlamaydigan pensionerlarga ustama to‘lash. Qishloq xo‘jaligida 30 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga 25 foiz ustama to‘lanadi.

Ish faoliyatini erta boshlaganlar uchun mehnat stajini kamaytirish. Hukumat qonun loyihasida 45 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan erkaklar va 40 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ayollar pensiyaga muddatidan oldin chiqishlari mumkinligi ko‘rsatilgandi. Putin bu stajni uch yilga kamaytirishni taklif qildi. 

O‘tish davrida mulk va yer solig‘iga imtiyozlar hamda regional imtiyozlarni saqlab qolish:jamoat transportida bepul yurish, kommunal imtiyozlar, ta’mirlash va gazlashtirish, dori-darmonlar olishdagi imtiyozlar. Ya’ni, o‘tish davrida pensiyaga chiqishi kerak bo‘lgan, ammo pensiya yoshi oshishi sababli pensiyaga chiqa olmaydigan rossiyaliklar bu imtyozlardan foydalanishlari mumkin (ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan).

Bosh vazir Dmitriy Medvedev hukumatga «o‘ta qisqa muddatda» Vladimir Putinning pensiya islohoti bo‘yicha takliflari ustida ishlashni topshirdi.

O‘zgarishlar byudjetga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Pensiya yoshining oshirilishi davlatga pulni tejashga yordam beradi – federal byudjetdan pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazish kamayadi. Pensiya islohoti tufayli 2024 yilga kelib 1 trln rubl tejaladi, «ammo bu pulning sezilarli qismi pensiyalarning oshirilishiga sarflanadi», - degandi hisob palatasi boshlig‘i Aleksey Kudrin iyun o‘rtalarida.

«Rayffayzenbank»ning hisob-kitoblariga ko‘ra, pensiya yoshi va QQSning oshirilishi olti yil ichida byudjetga qo‘shimcha 7 trillion rubl keltiradi.

Endi iqtisodchilar iqtisod kamroq, pensionerlar ko‘proq bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

«Rayffayzenbank» tahlilchisi Stanislav Murashovning aytishicha, 2029 yilda Rossiyada hukumat qonun loyihasida taxmin qilinganidan 1 mln, 2035 yilda esa 3 million nafar ko‘proq pensioner bo‘ladi. Murashovning hisob-kitobiga ko‘ra, qonun loyihasi bo‘yicha 2019 yildan 2033 yilgacha 18 trln rubl tejash mumkin edi. Putinning taklifi bo‘yicha o‘zgartirish kiritilsa, undan 1,5 trln rubl kamroq mablag‘ iqtisod qilinadi.

«Alfa-bank» bosh iqtisodchisi Nataliya Orlovaning hisob-kitobiga ko‘ra esa, Putin taklif qilgan reja qabul qilinsa, 2034 yilga borib yiliga 2,5 trln emas, 1,3 trln rubl tejaladi. Uning fikricha, mablag‘lar Putin e’lon qilgan turli imtiyozlarga bo‘linadi.

Prezident e’lon qilgan o‘zgarishlar 2030 yilga kelibgina iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsata boshlaydi, deydi Orlova. Islohotning o‘zi esa kelgusi yildanoq ta’sir ko‘rsata boshlaydi: u iqtisodiyot va iste’mol o‘sishini pasaytiradi, chunki aholining bir qismi pensiyani to‘liq olmaydi.

Pensiya islohotidan kim yutadi va kim jabr ko‘radi?

Yoshi 60dan oshgan ayollar yutadi, pensiyaga yaqin qolgan yoshdagi odamlar va biznes yutqazadi.

Biznes bu islohotdan yutqazadi, chunki Putin pensiya oldi yoshidagi odamlarni ishga olishni rad etgan va bunday toifadagi kishilarni ishdan bo‘shatgan kompaniyalarni jinoiy va ma’muriy jazolash taklifini qo‘llab-quvvatladi. 

«Otkritiye Broker» kompaniyasi tahlilchisi Timur Nigmatullinning fikricha, bu chora mehnat bozorini izdan chiqaradi. «Korxonalar odamlarni pensiya yoshiga yetay deganida ishdan bo‘shatishadi yoki ularning oylik maoshlarini keskin kamaytirishadi», - deydi u.

Nigmatullinning so‘zlariga ko‘ra, katta yoshli aholi «qaychi» orasida qolgan.

Putinning bu chiqishi uning reytingi oshishiga yordam beradimi?

Pensiya islohotining e’lon qilinishi hukumat va Vladimir Putinning reytingiga salbiy ta’sir qildi. Sosiologlar prezidentning reytingi 2013 yildagi darajaga tushib ketganini qayd etishdi.

Siyosatshunos Aleksey Makarkinning aytishicha, prezidentning murojaati rossiyaliklarning turli guruhlariga turlicha ta’sir qiladi: «kimdir xotirjam bo‘ladi, kimdir esa yo‘q». Muxolif fikrda bo‘lgan kishilar na islohotga, na Putinga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi, deydi ekspert.

Siyosatshunosning fikricha, prezident telemurojaatining asosiy tinglovchilari islohotlardan norozi, lekin Putinni qo‘llab-quvvatlashda davom etuvchi rossiyaliklardir: «Ular norozidek, lekin hukumat ketishini istashmaydi. Ular hukumat almashsa bundan ham battar bo‘lishiga ishonishadi», - deydi Makarkin.

Jamiyat qanday munosabatda bo‘lishidan qat’i nazar, pensiya islohotini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, deydi siyosatshunos Andrey Kolyadin. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning telemurojaatidan so‘ng pensiya yoshi borasidagi munozaralarning umumiy keskinligi pasayadi.

Siyosatshunos Abbos Gallyamovning fikricha, murojaatning asosiy natijasi «xavotirning oshishi» bo‘ladi. «Axir prezident hamma narsa tasavvur qilinganidan ko‘ra yaxshi emas, dedi», - deb yozdi u o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.