Putindan tezkor topshiriq

Putindan tezkor topshiriq

Qozon shahridagi maktabda sodir etilgan teraktdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin zudlik bilan qurol muomalasi qoidalarini qat’iylashtirishni ishlab chiqishni buyurdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti Qozondagi fojiani Bosh vazir Mixail Mishustin bilan, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova va Favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev bilan muhokama qildi.

Bundan tashqari, Putin FSB rahbari Aleksandr Bortnikovning hisobotini tingladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchi 2017 yilgi Hatsan ECCORT silliq qurolidan foydalangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!