Putin yil oxirigacha "do‘st bo‘lmagan" mamlakatlar egalariga Rossiya banklari aksiyalarini sotishni taqiqlab qo‘ydi

Putin yil oxirigacha "do‘st bo‘lmagan" mamlakatlar egalariga Rossiya banklari aksiyalarini sotishni taqiqlab qo‘ydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022 yil oxirigacha "do‘st bo‘lmagan" mamlakatlardan kelgan shaxslarga Rossiya banklari aksiyalari bilan operasiyalarni amalga oshirishni taqiqladi.

Tegishli farmon juma kuni huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.

Hukumat va Markaziy bank 10 kun ichida ushbu taqiq qo‘llaniladigan Rossiya banklari ro‘yxatini tayyorlashi kerak.

Shu bilan birga, farmondan kelib chiqqan holda, Rossiya Federasiyasi Prezidenti maxsus qaror bilan aksiyalarni sotishga ruxsat berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!