Putin va Rahmon 21 noyabr kuni mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon 21 noyabr, seshanba kuni Moskvada mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladi.
Bu haqda Kremlda xabar berildi.
“21 noyabr kuni Moskvada Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi bo‘yicha fikr almashish niyatida.
Qayd etilishicha, muzokaralar yakunida bir qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)