Putin tug‘ilgan kunini qanday o‘tkazmoqchi?

Putin tug‘ilgan kunini qanday o‘tkazmoqchi?

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlashini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti 7 oktyabr kuni 67 yoshga to‘ladi.

 “U tug‘ilgan kunini oilasi va do‘stlari bilan tabiat qo‘ynida nishonlaydi”, – dedi Peskov.

O‘tgan yili Kreml Putin tug‘ilgan kunini oila a’zolari, do‘stlari va qarindoshlari bilan o‘tkazganini xabar qilgandi. 2018 yilda Italiyaning sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Rossiyaga kelgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!