Putin noqonuniy migrasiyani to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Putin noqonuniy migrasiyani to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Ichki ishlar vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida noqonuniy migrasiyani to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Rossiyadan 2023 yil 110 mingga yaqin noqonuniy muhojir chiqarib yuborilgan. Bu 2022 yilga nisbatan 65 foizga ko‘pdir.

Jamoat tartibini ta’minlash, ekstremizmga qarshi kurashish, noqonuniy migrasiyaga chek qo‘yish, joylardagi xizmatlar faoliyati, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilikni zararsizlantirish borasidagi faoliyati kabi vazifalarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rayman, — dedi Putin.

Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev 2023 yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, jumladan, qotillik 18 foizga, o‘g‘irlik 14 foizga, o‘g‘rilik 32 foizga, tartibsizliklar 22 foizga kamayganini aytdi.

Putin mamlakatga noqonuniy kirish ekstremizm va jinoyatchilik uchun “ozuqaviy muhit” hisoblanishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, mamlakatning urf-odatlari, tarixi, tilini hurmat qilmaydiganlar Rossiyaga kiritilmasligi kerak. Bu qoida mamlakat migrasiya siyosatining asosiy tamoyili bo‘lishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!