Puerto-Rikoda AQShga 51- shtat sifatida qo‘shilishi mumkin

Puerto-Rikoda AQShga 51- shtat sifatida qo‘shilishi mumkin

Puerto-Riko gubernatori Vanda Vaskes Gardes mamlakatning yakuniy maqomini belgilash va AQSh tarkibida qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumni o‘tkazishga oid qonun loyihasini imzoladi.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, ovoz berish jarayonlari 3 noyabr kuniga — oroldagi umumiy saylovlar kuniga belgilangan.

«Puerto-Rikoda istiqomat qilayotgan 3,2 million Amerika fuqarosiga eng oxirgi navbatda bo‘lishdan voz kechish vaqti keldi. To‘liq tenglik!», — deb yozadi gubernator o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Hozirda Puero-Riko AQSh boshqaruvi ostidagi orol bo‘lsa-da, uning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Amerika Konstitusiyasi uning hududida cheklangan. Kongressda Puerto-Riko nomidan birgina delegat mavjud bo‘lib, uning ovoz berish huquqi yo‘q. U prezident saylovlarida ishtirok eta olmaydi.

Orolning Qo‘shma Shtatlar hududiga qo‘shilishi borasidagi refendum natijalarini, xususan, kongress ham tasdiqlashi kerak.

2020 yilning yanvarida prezidentlik saylovlari poygasiga qo‘shilgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg Puerto-Rikoni AQShning 51-shtatiga aylantirish borasidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga va’da bergandi. Mart oyida esa Blumberg prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan voz kechgan.

Yangi referendum Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shilish uchun so‘nggi sakkiz yil ichida o‘tkazilgan uchinchi ovoz berish jarayoniga aylanishi mumkin. 2017 yilda ko‘pchilik AQSh tarkibiga qo‘shilishni yoqlagan. Biroq Demokratlar partiyasi bunga qarshi chiqqandi. Yana bir referendum 2012 yilda o‘tkazilgan. O‘shanda Amerika shtati maqomi uchun 61 foiz Puerto-Riko aholisi ovoz bergan. Ammo mazkur qarorga Respublikachilar partiyasi qarshi chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!