"PSJ" Neymarni yangi mavsum rejasiga kiritmadi. Futbolchi sotilmasa, ijaraga beriladi

"PSJ" Neymarni yangi mavsum rejasiga kiritmadi. Futbolchi sotilmasa, ijaraga beriladi

«PSJ» agar braziliyalik futbolchi Neymarning to‘liq transferini amalga oshirmoqchi bo‘lgan klub topilmasa, hujumchini ijaraga berishga tayyor. Bu haqda jurnalist Marselo Bexler xabar bermoqda.

«PSJ» rahbarlari Neymarning moliyaviy talablarini hamma jamoa ham qondira olmasligini bilishadi. Shu munosabat bilan parijliklar Neymarni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishadi.

«PSJ» rahbariyati Neymarning o‘yinidan mamnun emas. Yevropa matbuotining yozishicha, Parij klubi rahbariyati futbolchini 2022/2023 yilgi mavsum rejasiga kiritmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!