"PSJ" Messiga yiliga 100 million yevro taklif qilmoqchi

"PSJ" Messiga yiliga 100 million yevro taklif qilmoqchi

"PSJ" rahbariyati hujumchi Lionel Messini o‘z jamoasida saqlab qolmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Fransua Galyardo ijtimoiy tarmoqlarda.

Manbaga ko‘ra, parijliklar argentinalik futbolchiga yiliga 100 million yevro maosh bilan 1+1 sxema bo‘yicha yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.

Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq, faoliyatini davom ettirish uchun eng ko‘p ehtimoliy variantlar "Barselona" va "Al-Hilol" ekanligi xabar qilingandi.

Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!