Psixolog maslahati: Archani qachon bezatgan ma’qul?

Psixolog maslahati: Archani qachon bezatgan ma’qul?

Rossiyaning psixologik yordam xizmati psixologi Natalya Boldyreva “Moskva” agentligiga bergan intervyusida yangi yil archasini bezashni dekabr oxiriga qadar kechiktirish yaxshiroq ekanligini ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, odamlar, odatda, Yangi yilning yaqinlashganini bayramdan bir necha hafta oldin his qilishadi. Shu bois bayram ramzi bo‘lgan archani oyning oxirlarida bezatish kayfiyatni tiklashga yordam beradi.

Psixologning aytishicha, yangi yil uchun uyni bezatishni oldindan boshlash. Ammo yaqinlashib kelayotgan bayramni to‘liqligicha his etish va kuchaytirish uchun ba’zi maxsus narsalarni oyning oxiriga qoldirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shuningdek, psixolog yangi yil kayfiyatini kuchaytirish uchun o‘zining eng kichik yutuqlarini eslab, o‘tgan yilni sarhisob qilishni ham maslahat berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!