Psixolog koronavirusga chalinmaslik uchun nima qilish kerakligini aytdi

Psixolog koronavirusga chalinmaslik uchun nima qilish kerakligini aytdi

Psixolog, Moskva psixoanaliz instituti o‘qituvchisi Yevgeniy Golovinov koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda stressdan qanday qutulish kerakligini aytib berdi.

“Har qanday stress uch bosqichdan iborat: faollik, qarama-qarshilik, charchoq. Uzoq vaqt davomida stress holatida bo‘lgan odamning asab tizimi charchaydi, immuniteti zaiflashadi, natijada virus uni yengib oladi”, dedi u.

Uning fikricha, koronavirusga chalinmaslik uchun unga qiziqishni cheklash kerak, faqat ishonchli manbalarga ishonish lozim.

Mutaxassis, shuningdek, sevimli mashg‘ulotlarni bajarish uchun vaqt topishni maslahat beradi. Yana bir chora – bu jismoniy faoliyat.

Avvalroq, Davlat Dumasining Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, psixiatr Nikolay Govorin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda ruhiy salomatlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!