Prigojin Rossiyadagi “to‘ntarish” haqida gapirdi

Prigojin Rossiyadagi “to‘ntarish” haqida gapirdi

"Vagner" tashkiloti asoschisi Yevgeniy Prigojinning aytishicha, u ham, uning kompaniyasi ham Rossiyada davlat to‘ntarishi qilmoqchi emas. Bu haqda rossiyalik tadbirkorning telegram-kanalida matbuot xizmati xabar berdi.

Prigojin bu so‘zlar bilan sobiq "DXR mudofaa vaziri" Igor Strelkovning "Vagner" asoschisi go‘yoki Rossiyada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotgani va buning uchun resurslarga ega ekanligi haqidagi ayblovlarini izohladi.

Prigojin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham ijobiy munosabatda ekanligini aytdi.

"Biz qo‘riqlashimiz kerak bo‘lgan va harbiy to‘ntarishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan asosiy qurolli kuch - bu NATO bo‘lib, u Ukraina armiyasining qo‘li orqali, agar biz tinchlansak, bu natijalarga erisha oladi", - deya ishontiradi Prigojin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!