Prezident: “Temir intizom” hammamiz uchun eng birinchi masala bo‘lib qolishi kerak!

Prezident: “Temir intizom” hammamiz uchun eng birinchi masala bo‘lib qolishi kerak!

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Tadbir avvalida bugun mamlakatimizda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilindi.

Oxirgi 5 kunda tuzalib chiqqanlar ulushi 77 foizdan 87 foizga oshgani, davolanayotganlar soni 7 ming nafardan 4 mingtaga tushgani, buning ortida shifokorlarimizning mashaqqatli mehnati yotgani ta’kidlandi.

Yaqin kunlarda Rossiyadan qirqqa yaqin, Xitoydan o‘n nafar yuqori malakali mutaxassislar yetib kelgani, ularni hududlarga taqsimlab, joylarda bemorlarni eng samarali usullar bilan davolash va mahalliy shifokorlarni ham o‘rgatish ishlari tashkil qilinishi ta’kidlandi.

Xalqimiz ortiqcha qiynalmasligi uchun, fuqarolarimizning murojaatlaridan kelib chiqib karantin talablari yumshatilgani, lekin endi aholi jamoat joylarida ko‘proq bo‘lishi sababli COVID-19 tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshishi ham eslatib o‘tildi.

“Temir intizom” hammamiz uchun eng birinchi masala bo‘lib qolishi kerak. Korxonalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi sohasi va qurilish maydonlari, transport va jamoat joylarida ham ushbu talablarga qat’iy amal qilish zarur, – deya ta’kidladi davlat raxbari.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!