Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘llab, unga va do‘st Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!