Prezident qozog‘istonlik bokschilarga: “Boringlar, o‘zbeklar bilan jang qilinglar!”

Prezident qozog‘istonlik bokschilarga: “Boringlar, o‘zbeklar bilan jang qilinglar!”

Qozog‘iston boks federasiyasi prezidenti Timur Kulibayev federasiyaning murabbiylar tarkibiga ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda Sport.kz.

Jumladan, federasiya prezidenti: “Hurmatli murabbiylar tarkibi, chiqish jadvaliga qarang. U yerda siz tashkil etadigan janglar geografiyasi qanday omilga tayanib tuzilgan, tushunmayapman. Yonginamizda O‘zbekiston terma jamoasi bor. Sizdan u yerda nimalar bo‘layotganligi haqida ma’lumot tayyorlashni so‘ragan edim. Nega ularda boksga qiziqish juda yuqori? Haqiqatdan ular kuchli sportchilarni tayyorlashmoqda. Sizda esa bu masalaga oid bironta fikr va taklif yo‘q. Siz Gollandiyaga bormoqchimisiz, u yerda nima qilasiz? Boringlar, o‘zbeklar bilan kuch sinashib ko‘ringlar, Olimpiadaga tayyorlaninglar. Sizning haqiqiy raqobatchilaringiz O‘zbekistonda. Ertaga ular bilan “oltin” uchun kurash olib borasiz. Gollandiyada nima bor? Yoki siz sayyohmisiz?..”, dedi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!