Bugun, 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvoxitov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov rahbarligida Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligixabar berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4681-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Onlayn yig‘ilishda Samarqand va Termiz davlat universitetlari, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Toshkent davlat pedagogika universitetlari va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Raximov G‘anisher Xudoykulovich tanishtirilib, mazkur yangi oliy ta’lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.