Premyer-liga 2023/24 o‘tkazilish sanalariga aniqlik kiritildi

Premyer-liga 2023/24 o‘tkazilish sanalariga aniqlik kiritildi

Premyer-ligada 2023/24 yilgi mavsum 12 avgust kuni boshlanadi.

"Sky Sports" ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi mavsum o‘tgan yilning 6 avgustida boshlangan 2022/23 yilgi mavsumdan bir hafta kechroq boshlanadi, chunki taqvim COVID-19 pandemiyasi va Qatarda o‘tkaziladigan 2022 yilgi Qishki Jahon chempionatidan so‘ng normal holatga qaytadi.

Mavsum yakuni 2024 yilning 19 mayiga belgilangan.

Keyingi mavsum taqvimiga 13 dan 20 yanvargacha bo‘lgan qishki ta’til kiradi. Shuningdek, qishda keyingi tur boshlanishi va oldingi turning tugashi orasida kamida 48 soat vaqt o‘tadi.

Yozgi transfer oynasi 14 iyun kuni ochiladi va 1 sentyabr kuni soat 23:00da yopiladi. Qishki transfer oynasi 2024 yilning 1 yanvaridan 1 fevraligacha ochiq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!