Poytaxtda "Nexia-3" ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi

Poytaxtda "Nexia-3" ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, poytaxtda "Nexia-3" ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 20 sentyabr kuni soat 21:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasida haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan S.S. "Nexia-3" rusumli avtomobilda harakatlanayotib Arnasoy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahaga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi oqimni ajratuvchi bo‘lakda o‘rnatilgan yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. Zarb oqibatida ustun ag‘darilib, ushbu yo‘lda bo‘lgan haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi "Captiva" rusumli avtomobilning tom qismiga tushgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa sodir bo‘lishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!