Poytaxt ko‘chalarida qatnovchi ikkita avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi (foto)

Poytaxt ko‘chalarida qatnovchi ikkita avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi (foto)

2022 yilning 29 iyuldan 7 avgust kuniga qadar Toshkentda Food fest-2022 festivali bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Festival sabab Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasidan "Hyatt Regency" mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida, Zarafshon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, J. Neru ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi yo‘llar avtotransport vositalari harakati uchun vaqtinchalik cheklandi.

Shu munosabat bilan, “Toshshahartransxizmat” mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 91 va 115-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati quyidagi vaqtinchalik harakatlanish chizmasi asosida tashkil etilganligini ma’lum qilmoqda.

Poytaxt ko‘chalarida qatnovchi ikkita avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!