Polsha Seymi sanksiyalangan kompaniyalar to‘g‘risidagi qonunni qabul qiladi

Polsha Seymi sanksiyalangan kompaniyalar to‘g‘risidagi qonunni qabul qiladi

Davlat bunday kompaniyalarga ularni sotish yoki ekspropriasiya qilishga tayyorlaydigan menejerlarni majburan tayinlashi mumkin bo‘ladi.

Bunday kompaniyalarning barchasi uchun majburiy boshqaruv joriy etilmaydi - bu boradagi qarorni Iqtisodiyot vaziri qabul qiladi. Shuningdek, u kompaniyaning sotilishini yoki ekspropriasiya qilinishini hal qiladi.

Ayni paytda sanksiyalar ro‘yxatida Belarus va Rossiyadan 34 kompaniya va 15 jismoniy shaxs bor. Ularning hisoblari va aktivlari muzlatib qo‘yiladi, ular Polshada bo‘lishi istalmagan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Seym allaqachon qonun loyihasini ma’qullagan. Endi uni Polsha prezidenti imzolashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!