Pokistondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 44 kishiga yetdi

Pokistondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 44 kishiga yetdi

Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin Peshovar shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘lganlar soni 44 kishiga yetdi, deya xabar beradi Reuters.

Portlashdan jabr ko‘rgan 150 ga yaqin kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir.

Xudkush-terrorchi peshin namozi vaqtida o‘zini portlatib yuborgan. O‘sha paytda masjidda 250 ga yaqin odam bo‘lgan. Masjid mahalliy polisiya bo‘limi yaqinida joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!