Pokistonda erkak WhatsApp’ga joylashtirgan kontenti sabab o‘limga hukm qilindi

Pokistonda erkak WhatsApp’ga joylashtirgan kontenti sabab o‘limga hukm qilindi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi aksilterror sudi musulmon erkakni WhatsApp guruhida kufrona kontent joylashtirganlikda ayblab, o‘limga hukm qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Musulmonlar ko‘p bo‘lgan Pokistonda kufr juda nozik masala bo‘lib, hatto isbotlanmagan ayblovlar ham zo‘ravonlikni qo‘zg‘atishi mumkin. Erkak ham Peshovar sudi tomonidan “Elektron jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risida”gi qonun va terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunga asosan 2021 yilda aybdor deb topilgan va hibsga olingan. Ayblanuvchi o‘shandan beri Peshovar markaziy qamoqxonasida saqlangan.

“Ayblanuvchi Sayid Muhammad Zeshan aybdor deb topilganidan so‘ng unga nisbatan qatl hukmi e’lon qilindi”, — deyiladi sud qarorida.

Pokiston rasmiylari fevral oyida “kufrona” kontentni olib tashlash talablarini bajarmagani uchun Wikipedia veb-ensiklopediyasini bloklagandi. Wikipedia kompaniyasiga ushbu ma’lumotlarni o‘chirish uchun 48 soat vaqt berilgandi. Na nashr, na Pokiston rasmiylari qaysi “kufrona” kontentni nazarda tutgani haqida ma’lumot berilmagan. Biroq Pokiston telekommunikasiya boshqarmasi mazkur kontent olib tashlansa, Wikipedia’ni blokdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqishga va’da bergan. Pokiston qonunlarida kufrga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!