Pokistonda 10 ta odam suv toshqini qurboni bo‘ldi

Pokistonda 10 ta odam suv toshqini qurboni bo‘ldi

Pokistonning Balujiston viloyatida tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 10 ta kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Andalou agentligi.

Dawn gazetasining yozishicha, yakshanbaga o‘tar kechasi mamlakatning Xuzdar, Zob va Avaron shaharlarida kuchli yomg‘ir yog‘gan.

Tabiiy ofat oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, ulardan 8 nafari bir oila a’zolaridir. Halok bo‘lganlar orasida ikkita bola va uchta ayol bor.

Hududdagi ba’zi binolar shikastlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!