«Pochka qismimni sotaman». Toshkentlik fuqaro buyragini sotish uchun e’lon berdi

«Pochka qismimni sotaman». Toshkentlik fuqaro buyragini sotish uchun e’lon berdi

Toshkentda 29 yoshli fuqaro buyragini sotish uchun «OLX»ga e’lon berdi. U buyragini 2 ming dollarga baholagan. Bu haqda "teznews.uz" xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro buyragini 2 ming AQSh dollariga sotish uchun e’lon bergan.

«Pochkamni sotaman, yoshim 29 da. Iloji boricha tezroq. Telefon raqamim orqali batafsil ma’lumot beriladi. Sog‘lom», — deb yozadi fuqaro e’lon haqida keltirilgan tavsifda. E’lon beruvchi o‘zining shaxsi va jinsi haqida hech qanday ma’lumot qoldirmagan.

Ma’lumot uchun, Yevropada inson ichki organlari, jumladan, ingichka ichak – 2,5 ming dollar, buyraklar – 70 ming dollar, yurak – 250 ming dollar, o‘pka – 20 ming dollar, ko‘zning shox pardasi – 5 ming dollar, jigar – 120 ming dollar, bosh – 5 million dollar, oshqozon – 10 ming dollar, tuxum hujayralar – o‘rtacha 7,5 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda buyrak 10 million tenge, ya’ni 23 611 dollarga baholangan. Shuningdek, kiyevlik Ulyana buyragi uchun deyarli 350 ming dollar so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!