Peskov Ramzan Qodirovga Rossiyaning prezidenti Putin ekanligini eslatib qo‘ydi

Peskov Ramzan Qodirovga Rossiyaning prezidenti Putin ekanligini eslatib qo‘ydi

Chechenistonni o‘z ichiga olgan Rossiya tashqi siyosatining asoslarini mamlakat prezidenti shakllantiradi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning "Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olgan bo‘lardim", degan so‘zlariga izoh berar ekan, ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Peskovning qayd etishicha, Qodirov ham Rossiyaning barcha fuqarolari kabi navbatdagi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin. “Ammo, umuman olganda, shuni eslatmoqchimanki, Rossiya Federasiyasi tashqi siyosatining asoslari Rossiya davlati rahbari tomonidan shakllantiriladi va bizning rahbarimiz - Checheniston Respublikasini o‘z ichiga olgan Rossiya davlati rahbari. Bu Vladimir Vladimirovich Putin", - dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

Avvalroq Qodirov agar u Rossiya prezidenti bo‘lganida, Ukrainani allaqachon bosib olib, u yerda tartib o‘rnatgan bo‘lishini aytgandi. Uning fikricha, Ukraina hozir AQSh nazorati ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!