Peskov Armanistonda Putinning hibsga olinishi mumkinligi haqidagi tahdidga izoh berdi

Peskov Armanistonda Putinning hibsga olinishi mumkinligi haqidagi tahdidga izoh berdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Armaniston Vladimir Putinning respublikaga tashrifi chog‘ida Xalqaro jinoiy sud talabiga binoan hibsga olinishi mumkinligi bo‘yicha o‘z pozisiyasini aniqlab berdimi, degan savoliga javob berdi.

"Hozircha yo‘q. Buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilamiz", - dedi Peskov.

Avvalroq Armaniston Konstitusiyaviy sudi raisi Arman Dilanyan Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti bo‘yicha barcha majburiyatlar respublikada asosiy qonunga muvofiq deb tan olingani haqidagi qarorni o‘qib eshittirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!