Peru Meksika prezidentini persona non grata deb e’lon qildi

Peru Meksika prezidentini persona non grata deb e’lon qildi

Peru Kongressi Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni Janubiy Amerika Respublikasi hukumatiga nisbatan tanqidiy so‘zlari tufayli persona non grata deb e’lon qilish uchun ovoz berdi.

Qabul qilingan hujjat matnida aytilishicha, Peru qonun chiqaruvchilari Meksika rahbarining bayonotlarini boshqa davlatning ichki ishlariga “aralashmaslik prinsipini buzish” deb hisoblamoqda. Shu yilning fevral oyida Kongress Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroni persona non grata deb e’lon qildi.

Avvalroq Obrador Peru parlamentiga bo‘lajak rezolyusiya uchun minnatdorchilik bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!