Pentagon Turkiyaga F-16 jangovar samolyotlarini yetkazib berish rejasini qo‘llab-quvvatladi

Pentagon Turkiyaga F-16 jangovar samolyotlarini yetkazib berish rejasini qo‘llab-quvvatladi

Pentagon Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlar parkini yangilash rejasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va uni amalga oshirish ishlarini davom ettiradi, dedi AQSh mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Selesta Uollander.

"Mudofaa vazirligi Turkiyaning F-16 flotini modernizasiyalash rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi", – dedi u jurnalistlarga NATO sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarining to‘rtinchi avlodini sotish g‘oyasi AQSh Anqarani eng zamonaviy F-35 jangovar samolyotlarini yetkazib berish dasturidan chiqarib yuborgandan keyin paydo bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!