Penalti va golni nishonlash qoidalari o‘zgartiriladi

Penalti va golni nishonlash qoidalari o‘zgartiriladi

Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi (IFAB) futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatini e’lon qildi, ular kelasi mavsumdan, 1 iyuldan kuchga kiradi: «Penalti tepish vaqtida darvozabonlar «o‘yinga va raqibga hurmatsizlik ko‘rsatmasliklari, ya’ni tepuvchi o‘yinchini aldamchi yo‘l bilan chalg‘itmasliklari kerak».

Hakamlar kompensasiya vaqtini belgilashda gol nishonlanishini alohida hisobga olishadi. Bu ko‘pincha o‘yin vaqtini sezilarli darajada yo‘qotishiga olib kelishi ta’kidlanadi. Qolaversa, endi reglamentga ko‘ra, gol nishonlanayotgan paytda maydonda begona shaxs (zaxira futbolchisi yoki rasmiy vakillar) paydo bo‘lsa va agar u gol urilgan epizodga ta’sir qilmagan bo‘lsa, unga nisbatan chora ko‘rishi shart emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!