«Pekin Ashxobod bilan munosabatlarga katta e’tibor beradi»

Xitoy rahbari Si Szinpin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammitidagi ishtirok etish rejasini olqishladi.
Bu haqda Si Szinpin Turkmaniston rahbariga Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktubida yozgan, deb yozadi “Neytral Turkmaniston” gazetasi.
“Men Xitoy-Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qarataman va may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitidagi ishtirokingizni olqishlayman. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikda katta natijalarga erishish uchun Xitoy-Markaziy Osiyo va Xitoy-Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha rejani siz bilan muhokama qilishni intiqlik bilan kutaman”, deb yozadi Szinpin.