Pedro Sanches​​​​​​​ Xitoyni tinglashga chaqirdi

Pedro Sanches​​​​​​​ Xitoyni tinglashga chaqirdi

Ukrainadagi urushdan chiqish yo‘lini topish uchun dunyo Xitoyning ovoziga quloq tutishi kerak. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches nutqiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ispaniya vaziri 24 mart kuni Pekinga davlat tashrifi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda gapirgan.

“Xitoy global o‘yinchi, urushni birgalikda to‘xtatib, Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklay olamizmi yoki yo‘qligini bilish uchun Pekinning ovoziga quloq tutishimiz kerak”, — dedi Sanches Yevropa kengashi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga.

Matbuot anjumani Sanchesning Xitoy rahbari Si Szinpin bilan 31 martga belgilangan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish arafasida bo‘lib o‘tdi.

Ikki liderning diplomatik munosabatlarning 50 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan uchrashuvida Xitoy Ukrainada davom etayotgan mojaroga e’tibor qaratilishi va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi 12 banddan iborat tinchlik rejasini ilgari surishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, Ispaniya bosh vaziri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 2014 yilda Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinishidan oldingi Ukraina hududidagi status-kvoni tiklash talablarini o‘z ichiga olgan tinchlik taklifini qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!