Pedagogika universiteti talabalari haftada 2 kun maktabda amaliyot o‘taydi

Pedagogika universiteti talabalari haftada 2 kun maktabda amaliyot o‘taydi

Prezident farmoniga binoan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi va pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi OTM etib belgilandi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktablarda amaliyot o‘tash tartibida olib boriladi.

Shuningdek, talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!