Pashinyan: Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi.

Pashinyan: Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi.

Moskvada bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOI) yetakchilari sammitining kengaytirilgan yig‘ilishida Ozarbayjon va Armaniston munosabatlari, Qorabog‘ muammosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ozarbayjonning Armanistonga nisbatan hududiy da’vosi yo‘q. Bu haqda Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (EOI) yig‘ilishida mehmon sifatida ishtirok etgan prezident Ilhom Aliyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni hududiy yaxlitlik va suverenitetni o‘zaro tan olish asosida normallashtirish uchun jiddiy shartlar mavjud.

Ilhom Aliyevning aytishicha, Rossiya tomoni tashabbusi bilan payshanba kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Vladimir Putin bugun Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uch tomonlama uchrashuvda bu masala batafsil muhokama qilinishini aytdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi jarayoni haqida esa Aliyev, “Armaniston tomonidan Qorabog‘ning Ozarbayjon hududi ekanligini rasman tan olishini hisobga olib, tinchlik shartnomasini imzolash imkoniyati bor deb o‘ylayman” dedi.

Pashinyan Ozarbayjon prezidentining bu so‘zlariga javoban qo‘shimcha qildi: “Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishib olganini tasdiqlamoqchiman. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, biz munosabatlarimizni tartibga solish yo‘lida ancha yaxshi ketyapmiz”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!