Parkent tumanida fermer xo‘jaligining yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Parkent tumanida fermer xo‘jaligining yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D. Parkent tumani, “Bo‘ston” massivi hududidan “B.J.” fermer xo‘jaligiga ijara shartnomasi asosida uzoq muddatga berilgan 5,5 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro R.ga 100 mln so‘m evaziga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!