Parijliklar Safonovning transferini elon qildi

Parijliklar Safonovning transferini elon qildi

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi rossiyalik «Krasnodar» darvozaboni Matvey Safonovning transferini rasman e’lon qildi.

25 yoshli darvozabon PSJ bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi. OAV xabariga ko‘ra, «buqalar» futbolchini sotishdan 20 million yevro ishlab olishgan.

Safonov Krasnodar bitiruvchisi. «Buqalar»ning asosiy jamoasi tarkibida Matvey 174ta o‘yinda qatnashib, 208ta gol o‘tkazib yuborgan va 52ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Shuningdek, darvozabon Rossiya terma jamoasi safida 14 ta o‘yin o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!