Parij Olimpiadasi medallari tahlil qilindi

 Parij Olimpiadasi medallari tahlil qilindi

🥇Jami 5084 ta medal tayyorlanib, ular 2024 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada o‘z toifalari g‘oliblariga topshirildi.

🏆Medal g‘oliblar uchun bebaho bo‘lishiga qaramay, u baribir juda real bahoga ega.

🥉 Bu yilgi bronza medali og‘irligi 455 gramm bo‘lib, mis va rux qotishmasidan (ehtimol qalay qo‘shilgan holda) tayyorlangan bo‘lib, uning ishlab chiqarilishi taxminan 7 yevro turadi.

🥈 Kumush medalda esa 525 g sof kumush mavjud. Uni ishlab chiqarishning taxminiy qiymati 400 evroni tashkil qiladi.

🥇 Orzu qilingan oltin medalning og‘irligi 529 g, 92,5% kumush va atigi 6 g sof oltin, ya’ni 700 yevro. Agar medal butunlay sof oltindan yasalganida, uning narxi 30 000 yevroga yetadi.
Barcha medallar frantsuz Hennessy Louis Vuitton kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!