Parij-2024. Bugun qaysi sportchilarimi chiqish qiladi?

Parij-2024. Bugun qaysi sportchilarimi chiqish qiladi?

Fransiya poytaxti Parijda davom etayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschimiz Hasanboy Do‘smatov va taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitovning oltin medalga sazovor bo‘lishi, mahoratli charm qo‘lqop ustamiz Abdumalik Xalakovning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi O‘zbekiston sportining yangi sahifasini ochib berdi.

Bugun, 9 avgust kuni Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari 17 ta sport turining 34 ta medallar jamlanmasi uchun kechadigan bahslarda maydonga tushadi.

Sport ixlosmandlari suvga sakrash, yengil atletika, boks, marafoncha suzish, breyking, baydarka va kanoeda eshkak eshish, velotrek, chim ustida xokkey, futbol, badiiy gimnastika, stol tennisi, skalolazaniye, taekvondo, plyaj voleyboli, voleybol, og‘ir atletika va sport kurashlari musobaqalarini kuzatib boradi.

O‘zbekiston sportchilari kun davomida suvga sakrash, badiiy gimnastika, taekvondo, erkin kurash, boks sport turida o‘tadigan musobaqalarda o‘z omadlarini sinaydi.

Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etadi:

13:00. Suvga sakrash.

Igor Myalin (10 metr, saralash)

13:00. Badiiy gimnastika. Jamoaviy ko‘pkurash saralash

13:10. Taekvondo.

Jasurbek Jaysunov — Merxan Barxordari (Eron) (80 kg., nimchorak final)

14:00. Erkin kurash.

Javrail Shapiyev — Aleksandr Mur (Kanada) (o‘tish bahsi)

14:10 dan so‘ng. Erkin kurash. Razambek Jamalov — Magomedxabib Kadimagomedov (Neytral)

(74 kg., 1/16 final)

15:00. Taekvondo.

Ozoda Sobirjonova — Aleksandra Perishich (Serbiya) (67 kg., nimchorak final)

22:10 dan so‘ng. Erkin kurash. G‘ulomjon Abdullayev — (bronza medali uchun)

00:30. Boks. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Marko Alonso Verde (Meksika)

(71 kg., final)

01:34. Boks. Lazizbek Mullojonov — Alfonso Dominges (Ozarbayjon)

(92 kg., final)

Bugungi Olimpiya o‘yinlari dasturiga muvofiq bokschilarimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonovning final janglarida ishtirok etishi, erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullayevning bronza medali uchun o‘tkazadigan bellashuvi, shuningdek, taekvondochilarimiz Jasurbek Jaysunov va Ozoda Sobirjonova, erkin kurashchilarimiz Javrail Shapiyev, Razambek Jamalov va boshqalarning Olimpiya o‘yinlarining saralash musobaqalarida qatnashishi yutuqlarimiz yanada ortishidan dalolat bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!