Pandemiya davrida eng talabgir kasblar nomi ma’lum qilindi

Pandemiya davrida eng talabgir kasblar nomi ma’lum qilindi

Koronavirus pandemiyasi davrida xom ashyo qazib olish eng talabgir sohaga aylandi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, may oyida ushbu sohadagi ishchilarga o‘rtacha ish haqi 71,6 ming rubl miqdorida taklif qilingan. Ikkinchi o‘rinda top menejment (70,2 ming), uchinchi o‘rinda - qurilish va ko‘chmas mulk (65,2 ming). Birinchi beshlikka shuningdek, IT va telekommunikasiya (57,4 ming) va ishchi mutaxassisliklar (55,9 ming rubl) kirdi.

Shu bilan birga, tahlilchilar so‘nggi ikki-uch yil ichida ishchilarga talab oshganini qayd etdilar. Shunday qilib, 3 iyundagi ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli 130 ming bunday bo‘sh ish o‘rinlari Headhunter-da joylashtirilgan.

Sberbank vise-prezidenti, Raqamli ta’lim platformalari bo‘limi direktori Marina Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyadan keyin eng ko‘p qidiriladigan kasblar, xususan robototexnika muhandisi, sun’iy intellekt bo‘yicha yurist va eksponatlarni yaratadigan san’atshunos bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!