Ozodbek Nazarbekov: "Jahongir Otajonov — ijrochilik kasaliga chalingan. Bunday ijod xalqqa kerak emas" (video)

Ozodbek Nazarbekov: "Jahongir Otajonov — ijrochilik kasaliga chalingan. Bunday ijod xalqqa kerak emas" (video)

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Daryo" muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Jahongir Otajonov haqidagi savolga ham javob berdi.

Oldin ham aytganman, u bu bilimi bilan pedagog bo‘lishi kerak. Shunda xalqqa ko‘proq foydasi tegadi. Jahongir Otajonov sezgisi kuchli san’atkor. Lekin xonanda sifatida menga yoqmaydi. Shunday insonlar bo‘ladi, bilimi oshib ketsa, mutaxassislik kasaliga chalinadi. Jahongir Otajonovning ijodida betartiblik ko‘p. Uning ijrosidan maqsad so‘zni tomoshabinga yetkazish emas, ovoz imkoniyatini yetkazish, ohangni yetkazish. Bu ijrochilik kasalidir. U "Hech kim mendek ijro qila olmaydi", deb murakkablikka qarab ketaveradi. Xalqqa bu umuman kerak emas, deydi Ozodbek Nazarbekov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!