«Ozdiruvchi dori» sifatida sotilayotgan 100 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi vositalar muomalasiga chek qo‘yildi

«Ozdiruvchi dori» sifatida sotilayotgan 100 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi vositalar muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlari tomonida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirda savdosi cheklangan 2 ming dona dori vositalarini O‘zbekistonga olib kirgan Qozog‘iston fuqarosi daliliy ashyo bilan ushlandi.

Toshkent viloyati IIBB Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘limi, hamkor tashkilotlar tomonidan viloyatning Zangiota tumanida navbatdagi nazorat-reyd tezkor tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda 1989 y.t. fuqaro G.D. (ayol)ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada uy ichi va hovlidagi avtomashinada qora bozordagi narxi 200 mln so‘mga teng bo‘lgan 15 xil nom va ko‘rinishdagi 36 ming 696 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotish maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlanib, dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, bu ayolga dori vositalarini yetkazib berayotgan ta’minotchi ham O‘zbekiston hududiga «tovar» bilan kirgan vaqtida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.


Aniqlanishicha, 1989 y.t. E.O‘. (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi) 2 ming quti yoki 72 ming dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan (O‘zbekistonda savdosi tartibga solingan) dorilarni yashirin ravish davlat chegarasidan olib o‘tgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, tezkor tadbir davomida 20 xilga yaqin turli nom va ko‘rinishdagi, jami 108 ming 696 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda yoki ularning analoglari bo‘lgan dorilarning muomalaga kiritilishing oldi olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!