Ozarbayjonda raqamli shaxsiy guvohnoma joriy qilinadi

Ozarbayjonda raqamli shaxsiy guvohnoma joriy qilinadi

Ozarbayjon jahon tendensiyasi bilan birga rivojlanmoqda. Endi mamlakat fuqarolari muhim hujjatlarni bevosita smartfonda olib yurishi mumkin. Respublika Prezidenti davlatning Oila kodeksiga, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, shaxsiy ma’lumot va axborotni himoya qilish bilan bog‘liq bir necha qonunga o‘zgarish kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatga muvofiq, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomadagi ma’lumot endi Ozarbayjon innovasiya va raqamli rivojlanish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron hukumat axborot tizimi – mygov orqali olinishi va taqdim etilishi mumkin. Shu tarzda taqdim etilgan ma’lumotlar ID’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishga tenglashtiriladi. Bu jismoniy identifikatorni olib yurish endi majburiy bo‘lmasligini anglatadi.

Bundan tashqari ayni ilovada fuqaro shaxsiy ma’lumotni qachon, qayerga, qaysi tuzilmaga jo‘natganini qayd qilib borishi mumkin. Korxonalar uchun ushbu yangilik xizmat taqdim ini yetkazib berishni soddalashtirish va tezlashtirish, shuningdek bosma amaliyot va qog‘oz xarajatini kamaytirish imkonini beradi.

Raqamli shaklda ma’lumot taqdim etilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar sirasiga nikoh, tug‘ilganlik va o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma kiradi. Ozarbayjon jamiyatini raqamli o‘zgartirishga qaratilgan navbatdagi platformaga yangi funksiyalar qo‘shilishi qator tashabbuslarni qamrab olgan.

Farmonda ko‘rsatilishicha, 140 dan ziyod raqamli xizmatga yagona kirish tizimi yaratiladi, davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini takomillashtirish maqsadida raqamlashtirishga alohida e’tibor beriladi. Umumiy RSD quyi tizimi orqali davlat organlarida elektron hujjat aylanishi tizimlashtiriladi. Shuningdek, raqamli transformasiyani rivojlantirish dasturi – Chief Digital Transformation Officer (CDTO) doirasida davlat xizmatchilariga raqamli transformasiyaning amaliy vositalari va samarali usullarini o‘rgatish bo‘yicha treninglar uyushtiriladi.

Yangi ochiladigan Ozarbayjon Kiber xavfsizlik markazida talabalar tadqiqot olib borishi, jamiyat faol raqamli rivojlanishi bilan bog‘liq xavfni kamaytirishga yordam beruvchi innovasion yechimlar ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil O‘zbekistonda ham shaxsni tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID sinov tartibida ishga tushirilgan. Mazkur tizim yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefoni raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, har qanday davlat xizmatidan elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!