Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarada birinchi chegara ustuni o‘rnatildi

A A A
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarada birinchi chegara ustuni o‘rnatildi

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi chegarasida 2024 yil 23 aprel kuni yerdagi geodezik o‘lchovlar asosida koordinatalarni aniqlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar davomida birinchi chegara ustuni o‘rnatildi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev xizmati xabar beradi. Ishlar ikki davlat ekspert guruhlari faoliyati doirasida olib borilmoqda va ular o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitasiya qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda Davlat chegarasini delimitasiya qilish bo‘yicha komissiyaning 8-yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarga muvofiqva Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi Chegara xavfsizligi boshqarmasi, ekspert guruhlari geodezik o‘lchovlardan foydalangan holda joylarda koordinatalarni aniqlashtirish jarayonini boshlangani hqid avvalroq ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!