Ozarbayjon noneft mahsulotlari eksportini oshirmoqda

Ozarbayjon noneft mahsulotlari eksportini oshirmoqda

2023-yilning yanvar-may oylarida Ozarbayjon 1,4 milliard dollardan ortiq noneft mahsulotlari eksport qildi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Ozarbayjon 1 milliard 465,85 million dollarlik noneft mahsulotlari eksport qildi, deya xabar beradi Eksport va investisiyalarni rag‘batlantirish agentligi (AZPROMO).

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,1 foizga ko‘pdir.

Birgina may oyida noneft eksporti qiymati 278,25 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 25,8 foizga ko‘pdir, deya qayd etdi AZPROMO.

Ozarbayjonning 2022 yilda noneft eksporti 2021 yilga nisbatan 12,3 foizga oshib, 3 milliard 047,67 million dollarni tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!