Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovi yakunlarini sarhisob qildi

Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovi yakunlarini sarhisob qildi

7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev g‘alaba qozondi.

Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasining 11 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, Aliyev 92,12 foiz (4 million 567 mingdan ortiq) ovoz olgan.

Qayd etilishicha, saylovda saylovchilarning 76,43 foizi ishtirok etgan.

Saylov 125 ta saylov okrugida bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!