Ozarbayjon duch keladigan mina xavfini ommaviy qirg‘in qurollari dahshati bilan solishtirish mumkin

A A A
Ozarbayjon duch keladigan mina xavfini ommaviy qirg‘in qurollari dahshati bilan solishtirish mumkin

2020 yilda Ozarbayjon o‘z hududlarini Armaniston tomonidan bosib olinishiga chek qo‘ydi. 44 kunlik Vatan muhorabasida Ozarbayjon tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. Armanistonning o‘ttiz yillik tajovuzi va ishg‘oli natijasida 1 milliondan ortiq ozarbayjonlar o‘z yurtlaridan quvib chiqarildi, etnik tozalanishga uchradi, qishloq hamda shaharlar vayron qilindi, Ozarbayjon xalqining tarixiy-madaniy, diniy merosi maqsadli ravishda yo‘q qilindi.

Armaniston 30 yilga yaqin davr mobaynida Ozarbayjonning Qorabog‘ va Sharqiy Zanguzar viloyatlaridagi shahar va tumanlarni ishg‘ol ostida ushlab turibgina qolmay, bosqinchilar ozarbayjonlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish maqsadida ushbu hududlarni ommaviy ravishda minalashtirdi.

2020 yilning 10 noyabrida Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston o‘rtasida imzolangan uch tomonlama Deklarasiyadan beri ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda harbiy xizmatchilar ham, tinch aholi vakillari ham ko‘plab mina portlashlari natijasida qurbon bo‘lmoqda.

Armaniston tomoni nafaqat o‘tgan davrda Ozarbayjon hududlariga joylashtirilgan minalar haqida ma’lumot berishdan bosh tortayotir, balki shantaj va sabotaj guruhlari orqali ishg‘oldan ozod qilingan hududlarni qayta-qayta minalashtiryapti.

Armanistonning g‘arazli, maqsadli siyosati natijasida Ozarbayjon dunyodagi minalar va portlamagan o‘q-dorilar bilan ifloslangan mamlakatlardan biriga aylanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, istilo davrida Ozarbayjon yerlariga 1,5 milliondan ortiq minalar ko‘milgan.

Ikkinchi Qorabog‘ urushi boshlangandan beri shu kunga qadar 302 nafar ozarbayjonlik mina qurboniga aylangan bo‘lsa, ulardan 57 nafari halok bo‘ldi, 245 tasi esa og‘ir yaralangan.

Jami Armanistonning Ozarbayjonga qarshi qaratilgan harbiy tajovuzi boshlangandan to hozirga qadar 3400 ga yaqin ozarbayjonlik minalardan zarar ko‘rdi, ulardan 587 tasi vafot etgan. Mina qurbonlarining 358 nafari bolalar, 38 tasi esa ayollar edi. Shuningdek, Armaniston ilgari aloqa liniyasi orqasida joylashgan yo‘llarga, qabristonlarga, fuqarolar mulki bo‘lgan boshqa ob’ektlarga tuzoq tipidagi minalar joylashtirdi-ki, bu mina qurbonlarining soni kundan kunga ortishiga sabab bo‘ldi. Ozarbayjon duch keladigan mina xavfini ommaviy qirg‘in qurollari dahshati bilan solishtirish mumkin.

Afsuslar bo‘lsin-ki, mojaro tugagandan so‘ng ham yana Armaniston Lochin yo‘lagidan foydalanib, Ozarbayjon yerlarini minalashda davom etayotir.

Hududda 2021 yil Armanistonda ishlab chiqarilgan 2700 dan ortiq piyoda qo‘shinini yo‘q qilishga qodir minalar aniqlagan.

Hududning minalar bilan ommaviy ifloslanishi nafaqat bu yerda olib borilayotgan qurish hamda qayta tiklash ishlarini sekinlashtiradi, balki odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy tahdid soladi, uzoq yillar mobaynida o‘z Ona tuproqlarida yashashni orzu qilayotgan yuz minglab majburiy ko‘chirilganlarning huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun gumanitar minalardan tozalash Ozarbayjon davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bundan 25 yil oldin tashkil etilgan Ozarbayjon Respublikasi Hududlarini Minalardan Tozalash Milliy agentligi – ANAMA hozirda mamlakatda gumanitar minalardan tozalashni amalga oshiruvchi asosiy organ hisoblanadi.

Mina muammosi qanchalik katta va murakkab bo‘lmasin, oldindagi yo‘l hali uzoq bo‘lsa-da, Ozarbayjon uni imkon qadar tezroq hal qilish uchun barcha kuchlarni safarbar etdi. Bugungi kunda Ozarbayjonda mina tozalash ishi dunyoda mavjud bo‘lgan eng zamonaviy va kengaytirilgan texnologiyalardan foydalangan holda olib borilmoqda.

Milliy mina tozalash quvvatini oshirish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda hamda so‘nggi ikki yil ichida ushbu sohadagi imkoniyatlar sezilarli darajada oshdi. Minalarni tozalash ishlarining 90 foizdan ortig‘i mamlakatning ichki resurslari hisobidan amalga oshirilyapti. Shu bilan birga, bu sohada bir qator xorijiy sheriklar bilan samarali hamkorlik qilinmoqda. Afsuski, bu borada chetdan kelayotgan yordam juda sust holatda.

Minalardan tozalangan yerlar kelajakda xalq farovonligi va taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shishi, jumladan, mamlakatning keng istiqbolli rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, Ozarbayjon minalarni tozalash ishlarini barqaror hamda davomli rivojlanish bilan bog‘liq holda ko‘radi.

Shu bois Ozarbayjonda gumanitar minalardan tozalash rasman 18-milliy Barqaror Rivojlanishning maqsadi deb e’lon qilingan.

Ozarbayjon o‘zining minalarni tozalash muammosini hal qilish bilan birga, global miqyosda minalarni tozalashning gumanitar jarayoniga o‘z hissasini ham qo‘shmoqda. Ozarbayjon tomoni dunyodagi mojarolar va minalarning asoratlarini hisobga olgan holda BMTning global 18-Barqaror Rivojlanish Maqsadi sifatida gumanitar minalardan tozalashni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi. Hozirgi kunda mamlakat boshchiligidagi Qo‘shilmaslik Harakatida Minalardan Zarar Ko‘rgan Davlatlardan Hamfikrlar Guruhini yaratish g‘oyasi ustida ishlamoqda.

Jumladan, joriy yilning 25 mayida ozarbayjonning ishg‘oldan ozod bo‘lgan Ag‘dam shahrida “Mina tahlikasi bilan jang – barqaror rivojlanish yo‘li” mavzusida 2-xalqaro gumanitar mina tozalash konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada 51 mamlakatdan ishtirok etgan 160 ga yaqin rasmiy shaxs ‒ sobiq davlat va hukumat rahbarlari, bir qator davlatlarning parlament a’zolari, BMT bosh ofisining rahbariyati, nufuzli xalqaro tashkilotlarning, minadan tozalash sohasida faoliyat ko‘rsatadigan institut namoyandalari qatnashdi.

Eslash joizki, 1-xalqaro gumanitar minalardan tozalash bo‘yicha konferensiya o‘tgan yilning 30 mart ‒ 1 aprel kunlari “Gumanitar Minalardan Tozalash va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” nomi ostida Bokuda bo‘lib o‘tgan edi.

Tadbirda ozod etilgan hududlarning qayta tiklanishi hamda yangidan qurilishi, barqaror aholi punktlari bunyod etilishiga oid olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ozod etilgan hududlar qayta tiklanishida Ozarbayjon duch keladigan eng muhim muammolardan biri bu minalar va boshqa portlovchi moddalar ekanligi ta’kidlandi.

Konferensiyada minalar tahdidiga qarshi kurashda global birdamlikni namoyish etish, yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatish va minasiz dunyoga yo‘l ochadigan aniq harakatlar rejalarini ishlab chiqish imkoniyatlariga urg‘u qaratilib, shu bilan birga, gumanitar minalardan tozalash barqaror rivojlanish maqsadlari uchun katta ahamiyatga ega ekanligi qayd qilindi. Minalardan aziyat chekkan mamlakatlar uchun hududlarni tozalash barqaror rivojlanish va tinchlikka erishish uchun zaruriy shartdir. Ag‘damda o‘tgan konferensiyaning birinchi sessiyasida mojarolarga uchragan hududlar infratuzilmasini xavfsiz tiklash, majburiy ko‘chirilganlarni o‘z ona yurtlariga xavfsiz qaytarish, mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatish, shuningdek, investisiya dasturlarini amalga oshirish uchun gumanitar minalardan tozalashning ahamiyati, ularning barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bevosita aloqasi muhokama qilindi.

BMTning Ozarbayjondagi doimiy koordinatori Vladanka Andreyeva konferensiyadagi nutqida minalardan zarar ko‘rgan mamlakatlar, shu jumladan, Ozarbayjon uchun hududlarni tozalash barqaror rivojlanish va tinchlikka erishish uchun zarur shart ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, 2020 yildagi mojarodan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ozarbayjon hududlarini minalardan tozalash maqsadida yordam tariqasida 11 million dollar ajratgan.

Konferensiya 26 mayda Boku shahrida o‘z ishini davom ettirdi. BMTning Minalardan Tozalash Xizmatining (ANAMA) direktori Ilene Kohn xalqaro konferensiya ishtirokchilariga onlayn murojaatida aytishicha, BMT mamlakatlarning minalardan tozalanishi, ulardan xalos bo‘lishga hissa qo‘shishda davom etadi. “Ozarbayjon hukumati, ANAMA, minalarni tozalash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqda. ANAMA ham o‘z navbatida tajribasini boshqa mamlakatlar bilan baham ko‘radi, bu juda muhim”, ‒ deya urg‘ulagan Ilene Kohn.

Keyingi chiqishlarda ham, Ozarbayjon minalar va portlamagan o‘q-dorilar bilan eng ifloslangan dunyo mamlakatlari qatoriga kirishi e’tirof etildi. Minalar muammosi mamlakatlarning rivojlanishi uchun to‘siqlar yaratyapti. Minalardan tozalash odamlarga elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Tadbirda, shuningdek, ANAMAning 1998 yildan beri olib borayotgan faoliyati, bu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari va tozalash ishlari olib borilishi haqida ma’lumot berildi.

147 ming gektar yer minalar bilan ifloslangani qayd etildi. Minalar orasida eng keng tarqalgani Armanistonda ishlab chiqarilgan qora plastik minalardir. Ozarbayjon hukumatining, ANAMAning asosiy maqsadlaridan biri jahon hamjamiyati bilan birlashish, tajriba almashish, minalarni tozalash bo‘yicha samarali siyosatni ishlab chiqish va hamkorlikni mustahkamlashdir.

Minalarni tozalash faqat undan aziyat chekayotgan mamlakatlarning zimmasida bo‘lmasligi kerak. Ayni paytda, boshqa mamlakatlar, xalqaro hamjamiyat, qarshi taraf bu mas’uliyatni baham ko‘rishi, minalardan aziyat chekkan davlatlarga yordam bermog‘i lozim.

Tadbirda ma’ruzachilar minalarni tozalash uchun juda ko‘p pul kerakligini qayd etishdi. Dunyo mamlakatlari minalarni tozalash bo‘yicha samarali siyosatni ishlab chiqishlari va minalarni tozalash qurbonlariga yordam beradigan loyihalarni tashkil qilishlari darkorligini ta’kidlashdi.

Konferensiya yakunida deklarasiya qabul qilindi.

BMT Bosh kotibining qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari bo‘yicha yordamchisi Aleksandr Zuyev ushbu deklarasiyani qabul qilish muhimligini bildirdi hamda minalar xavfini oldini olishda xalqaro birdamlik muhimligini ta’kidladi.

“Tinchlik ildizlari” xalqaro gumanitar tashkiloti ta’sischisi va rahbari Xeydi Kuhn videomurojaatda Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida minalardan zarar ko‘rgan odamlarning, ayollarning achchiq hikoyalarini yeshitganini aytib, ular bilan suhbatdan iqtibos keltirdi: “Biz minalashgan yerlarimizni bog‘larga aylantirishimiz kerak. Bugungi kunda 60 ga yaqin mamlakat deyarli 100 million minalar va portlamagan o‘q-dorilar bilan ifloslangan. Ozarbayjon ana shunday davlatlardan biri. Ozarbayjon hududida 1,5 milliondan ortiq mina va portlamagan o‘q-dorilar ko‘milgan. Biz minalarni tozalash va yangilarini ko‘mishning oldini olish uchun birgalikda ishlashimiz kerak. Biz insoniyat uchun birlashishimiz lozim”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

Тадбиркор БААга қарши ўйинни Абу-Даби шаҳридаги стадионда бевосита томоша қилди ва ўйиндан кейиноқ ушбу ваъдани берди.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

Dollar kursida shiddatli pasayish kuzatildi

Марказий банк 2025 йил 10 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Rossiya Maskka boshpana beradimi?

Илон Маскнинг Доналд Трамп билан зиддиятидан сўнг Давлат Думаси Россия миллиардерга сиёсий бошпана беришга тайёрлигини маълум қилди.

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Бу ҳақида Украина президенти маьлум қилди.

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Mariya Zaxarova O‘zbekiston Rossiyaga yuborgan norozilik notasiga munosabat bildirdi

Аввалроқ Ўзбекистон мигрантларга қўпол ва ҳурматсиз муносабатда бўлинаётганлиги юзасидан нота юборганди.

Kreml Ukrainaga Poltava haqida eslatdi

Украина Москва талабларини бажаришдан бош тортса, кўпроқ ҳудудини йўқотади. Бу огоҳлантиришни Россия президенти ёрдамчиси Владимир Мединский берган.

Hojatxonada 10 daqiqadan ko‘proq o‘tirish qanday oqibatlarga olib kelishini bilasizmi?

Бу ҳақда илмий тадқиқотларда маълум қилинди.

Hokim fuqarolarni prezidentga qarshi turishga chaqirdi

Бу ҳақда у CNBC телеканалидаги мурожаатида айтиб ўтган.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona ko‘tarildi

Ўзбекистон миллий жамоаси ЖЧ-2026 саралаши 3-босқичининг сўнгги турида Қатарни мағлуб этгач (3:0), ФИФА рейтингида 2-поғонага кўтарилишга муваффақ бўлди.

Yana bir prezident qamoq jazosiga hukm qilindi

Қайд этилишича, судланувчи қамоқ жазосини уй қамоғига алмаштиришни сўраш ҳуқуқига эга.

Avstriyadagi maktabda 10 kishini o‘ldirgan shaxsning uyidan portlash uyushtirish rejalari topildi

Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.

Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor bo‘roni kuzatilmoqda — Reuters

Мамлакат метеорология хизмати “тўқ сариқ” даражали огоҳлантириш эълон қилди.

Nyu-Yorkdagi namoyishda polisiya 80 dan ortiq odamni hibsga oldi

Бу ҳақда New York Post полициядаги манбаларга таяниб ёзмоқда .

Keng ko‘lamli noroziliklar fonida AQShda yana bir shtatga milliy gvardiya kiritildi

АҚШда миллий гвардия қўшинлари энди Техас штатига ҳам киритилди. Бу қарор Лос-Анжелесда бошланган ва бутун мамлакатга ёйилаётган норозилик намойишлари туфайли қабул қилинди.

NATO sammiti kun tartibidan Ukrainani a’zolikka chaqirish va yordam masalasi chiqarib tashlandi

24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.

Yangiyo‘l tumanida “KamAZ” velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi

Ҳозирда ҳолат юзасидан Янгийўл тумани ИИБ ҳузуридаги Тергов бўлими томонидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Dunyodagi eng mashhur tiktokchi Xabi Leym AQShdan chiqarib yuborildi

АҚШ иммиграция назорати хизматининг маълум қилишича, Италия фуқароси бўлган Хаби Лейм апрель ойидан бери мамлакат ҳудудида визада белгиланган муддатдан ортиқ қолган.

Firibgarlar ijtimoiy so‘rovlar niqobi ostida odamlarga qo‘ng‘iroq qilishmoqda

Бу ҳақда РИА Новости хабар берди.

Turkiyada yashirinib yurgan O‘zbekistonlik ayol Toshkentga ekstradasiya qilindi

Жиноятчи аёл сотиш ва эксплуатация мақсадида қизларга юқори маош ваъда бериб, уларни Туркияга олиб келган.

Rossiya 2026 yilda "xavfsizlik yostig‘i"siz qolishi mumkin

Миллий фаровонлик фонди — ҳукуматнинг «қора кунлар» учун асосий захираси — тез суръатда камаймоқда.

Mashhur bloger Xabi Leym AQSh immigrasiya qonunlarini buzgani uchun Las-Vegas xalqaro aeroportida hibsga olindi

Блоггер 30 апрель куни АҚШга кирган ва унинг визаси муддатидан ошиб кетган. 25 ёшли Италия фуқароси 6 июнь куни қўлга олинган, бироқ ўша куниёқ қўйиб юборилган: у ўз ихтиёри билан мамлакатни тарк этишга рухсат олган. Лейм ижтимоий тармоқларда воқеага изоҳ бермади.

EC Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning 18-paketiga 70 ta sud va 22 ta bankni kiritishi mumkin

Бундан ташқари, SWIFT тизимидан узиладиган 22 та банк учун чекловлар жорий этилиши режалаштирилган.

G‘azoda yordamga ketayotgan falastinliklarga qarata o‘q otildi

Ғазонинг Tal ал-Султон ҳудудида гуманитар ёрдамга келган фаластинликларга қарата ўқ узилди. Бу сафар Исроил ҳарбийлари эмас, балки номаълум қуролланган маҳаллий шахслар ҳам отишмада қатнашгани гувоҳлар томонидан тасдиқланди.

Ukraina Yevropa gaz bozorida inqilob qilishi mumkin — The Telegraph

Украинада катта газ захиралари борлиги анча вақтдан бери маълум. Британиянинг The Telegraph нашри мамлакатнинг сланец гази ишлаб чиқариш орқали Европа бозорида янги инқилобга олиб келиши мумкинлигини таъкидлади. Бироқ бу режалар амалда фақат уруш тугагандан кейингина амалга ошиши мумкин.

BMT: Jahonda tug‘ilish darajasi keskin pasaymoqda

БМТнинг янги ҳисоботига кўра, глобал миқёсда туғилиш даражалари кескин пасаймоқда. Бунга асосий сабаблар сифатида ота-она бўлиш харажатларининг ортиши ва муносиб турмуш ўртоқ топишдаги муаммолар кўрсатилмоқда.

Los Anjelesda noroziliklarga 700 nafar dengiz piyoda askarlari safarbar etildi

АҚШ президенти Доналд Трамп буйруғига биноан, Калифорниядаги ҳарбий базага қарашли 700 нафар денгиз пиёда аскарлари Лос Анжелесдаги намойишларга қарши ҳаракатларда миллий гвардия сафига қўшилди. Бу қарор губернатор ва шаҳар ҳокимияти розилигисиз қабул қилинди.

BMT: G‘azodagi maktab va universitetlarning 90 foizdan ortig‘iga zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan

БМТнинг Мустақил халқаро тергов комиссиясига кўра, Фаластин анклавида “болалар, жумладан, ўсмирлар таълими ва ўқитувчиларнинг ҳаёти ачинарли аҳволда.

O‘zbekiston tomoni Rossiyada migrantlarga qarshi reyd bo‘yicha xavotirini bildirdi

Миграция агентлиги Россиядаги рейд жараёнида меҳнат муҳожирларига нисбатан куч қўлланилиши ҳолати юзасидан расмий муносабат берди.

Avstriyadagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Полиция кенг қамровли хавфсизлик амалиётини бошлади