Ota aliment pullari o‘rniga uy berdi

Ota aliment pullari o‘rniga uy berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor J.B. dan undiruvchi M.N ning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan alimentchi ota Byuroning tuman bo‘limiga kelib, farzandiga to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment evaziga o‘z uyini rasmiylashtirib berish istagini bildirgan.

Shu bois, unga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-sonli qaroriga muvofiq, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishilgan holda Urganch tumanidagi xovli joyini sobiq turmush o‘rtog‘ining nomiga rasmiylashtirib berdi va qarzdor sud tomonidan aliment to‘lashdan ozod qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!